O‘zbekistonga uch marta yutqazgan jamoaga 108 ming AQSH dollari berildi

Sport

image

Xitoyning Xanchjou shahri mezbonlik qilgan Osiyo o‘yinlarida o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etib, 4-o‘rinni egallagan futbol bo‘yicha Gonkong Olimpiya terma jamoasi mamlakat futbol assotsiatsiyasi tomonidan 850 ming Gonkong dollari (108 ming AQSH dollar) bilan taqdirlandi. Bu haqda “Asianews” xabar berdi.

XIX Osiyo o‘yinlarida Gonkong futbol terma jamoasi chorak finalda Eronni 1:0 hisobida mag‘lub etib, muhim g‘alabaga erishdi. Yarim finalda Yaponiyaga mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa ham, ularning ko‘rsatkichi Osiyo o‘yinlarida maxsus ma’muriy hudud futbolida muhim voqea bo‘ldi.

Assotsiatsiya raisi Erik Fok Kay Shanning aytishicha, assotsiatsiya yosh sportchilarning tayyorgarligini oshirishda davom etadi va futbol jamoasiga tajriba to‘plash uchun barcha sharoitlar yaratib beriladi.

Ta’kidlash joiz, Osiyo o‘yinlari davomida Gongkong Temur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bilan uch marta to‘qnash keldi va barcha o‘yinlarda imkoniyatni boy berdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Osiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchilar va ularning murabbiylariga qancha mukofot puli berilishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo o'yinlari Gonkong Temur Kapadze Xanchjou

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing