O‘zbekistonga Turkiyadan ham shifokorlar kelyapti

Jamiyat

image

Bugun, 27 avgust kuni Turkiyadan 16 nafar tajribali mutaxassislardan iborat tibbiy guruh O‘zbekistonga kelyapti.

Turkiyalik mutaxassislar koronavirusga qarshi kurashda o‘zbekistonlik hamkasblari bilan hamkorlikda faoliyat ko‘rsatadi va fikr almashadi.

Turkiyalik shifokorlar tashrif davomida O‘zbekiston shifokorlari bilan birgalikda hududlardagi ixtisoslashgan shifoxonalar, tibbiy markaz va laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishish, kornovirusga chalingan bemorlarni davolashda faol ishtirok etishlari ko‘zda tutilgan.

Avvalroq, Rossiya va Germaniyadan O‘zbekistonga shifokorlar kelgani haqida xabar bergan edik.

Ma’lumot uchun, Rossiya, Germaniya va Turkiya koronavirusga chalinganlar soni ko‘pligiga qaramay, o‘lim darajasi past mamlakatlar hisoblanadi. Xususan, Rossiyada 972 972 kishida koronavirus aniqlangan bo‘lsa, ularning 16 758 nafari vafot etgan. Turkiyada 267 507 kishi koronavirusga chalingan, ularning 6 183 nafari vafot etgan. Germaniyada 239 408 kishida koronavirus aniqlangan va 9 289 kishida kasallik o‘lim bilan yakunlangan.

 

Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

54

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing