O‘zbekistonga tijorat maqsadida eng ko‘p qayerdan kelishyapti?
Jamiyat
−
03 avgust
9512O‘zbekistonga tijorat maqsadida eng ko‘p Turkmaniston fuqarolari tashrif buyurmoqda. Bu haqda Statistika agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2024 yilning yanvar-iyun oylarida 65 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida O‘zbekiston Respublikasiga kelgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 42 ming nafarga yoki 2,8 barobarga oshgan.
Chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:
- Turkmaniston – 37 942 nafar;
- Tojikiston – 21 451 nafar;
- Afg‘oniston – 1 569 nafar;
- Xitoy – 723 nafar;
- Hindiston – 582 nafar;
- Turkiya – 529 nafar;
- Qirg‘iz Respublikasi – 385 nafar;
- Janubiy Koreya – 329 nafar;
- AQSH – 199 nafar;
- Rossiya – 157 nafar;
- boshqa davlatlar – 1 102 nafar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonga qaysi davlatlardan eng ko‘p ko‘chib kelishayotgani haqida ma’lum qilingandi.
LiveBarchasi