Özbekistonga tijorat uçun kelgan har 10 xorijlikdan 9 nafari afğonistonlik – statistika
Bu qiziq
−
14:53 520 1 daqiqa
Joriy yilning yanvar–sentyabr oylarida 357,5 ming nafar çet el fuqarosi tijorat maqsadida Özbekistonga taşrif buyurdi. Bu haqda Milliy statistika qömitasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, bu körsatkiç 2025 yilning mos davriga nisbatan 10,8 foizga köp.
Tijorat maqsadida Özbekistonga kelgan xorijliklar orasida Afğoniston fuqarolari eng köpçilikni taşkil etgan. Ularning soni 323 660 nafarga yetgan.
Keyingi örinlarda Turkmanistondan 24 196 nafar, Tojikistondan 6 412 nafar fuqaro qayd etilgan.
Şuningdek, Qirğizistondan 695 nafar, Qozoğistondan 629 nafar, Rossiyadan 370 nafar va Turkiyadan 346 nafar fuqaro tijorat maqsadida Özbekistonga kelgan.
Boşqa davlatlardan taşrif buyurganlar soni esa 1 ming 150 nafarni taşkil etgan.
Ma’lumot uçun, 2025 yilning yanvar–iyun oylarida jami 223,6 ming nafar çet el fuqarosi tijorat maqsadida Özbekistonga taşrif buyurgan. Bu körsatkiç 2024 yilning mos davri bilan soliştirilganda 158,6 ming nafarga yoki 3,4 barobarga oşgan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning yanvar-avgust oylarida Özbekistonga 9 mln 102 ming 729 nafar xorijiy fuqaro turistik maqsadlarda taşrif buyurgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi26 Oktyabr
26 Oktyabr