O‘zbekistonga Rossiyadan yana shifokorlar guruhi kelyapti

Jamiyat

image

Koronavirusga chalingan bemorlarni davolash va pandemiyaga qarshi kurashda amaliy va uslubiy ko‘may berish maqsadida Moskvadan yana 35 nafar shifokorlar guruhi O‘zbekistonga kelmoqda. Bu haqda Moskva shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabar bermoqda. 

Yordam brigadasi tarkibida infeksinistlar, anesteziologlar, rentgenologlar, laboratoriya diagnostlari, pulmonologlar, epidemiologlar, bolalar shifokorlariva tibbiy hamshiralar bor. Shifokorlar ish boshlash uchun kerakli bo‘lgan individual himoya vostalari bilan ta’minlangan. 

Rossiyalik shifokorlar O‘zbekistonlik hamkasblariga konsultativ-diagnostik yordam berishi, COVID-statsionarlariga tashrif buyurishi, klinikalarni qayta profillashtirishga yordam berishi, "qizil" hududlarda bemorlarni ko‘zdan kechirishi hamda turli mutaxassisdagi shifokorlar uchun seminarlar tashkil qilishi rejalashtirilgan. 

Turli mutaxassislardan iborat tibbiy brigadani Moskva shahar 67-sonli klinik shifoxona xirurgi Konstantin Pokrovskiy boshchilik qilmoqda. Ushbu guruh a’zolari shifokorlari oldin Kavkaz va Tiva respublikalarida, Qozog‘istonda bo‘lgan edi. Epidemiya boshlanganidan buyon moskvalik shifokorlar Ingushetiya, Dog‘iston, Kamchatka, Xanti-Mansiysk, Yamal-Nenetsk avtonom okruglarida bo‘lib, mahalliy shifokorlarga yordamga yuyuborilgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 avgust kuni Rossiyadan 40 nafar shifokor O‘zbekistonga kelgan edi. Ular bir oylik missiyasini yakunlab, 16 sentyabr kuni Rossiyaga qaytib ketdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya

Baholaganlar

68

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing