O‘zbekistonga portlovchi moddalar kiritilishining oldi olindi

Jamiyat

image

Toshkent viloyatida portlovchi moddalarning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “Yallama” bojxona postidan o‘tmoqchi bo‘lgan DAF rusumli yuk mashinasi to‘xtatib tekshirilganda, mashinaning bagajida qog‘oz qutiga yashirilgan 1,85 kg porox topilgan.

“Yuk bojxona deklaratsiyasida qayd qilinmagan. Mutaxassislar uning porox portlovchi moddasi ekanini aniqlagan”, deyiladi xabarda.

Hozirda bojxona organlari tomonidan tegishli ravishda tekshiruvlar o‘tkazilmoqda.

Avvalroq, O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasidagi “Yallama” chegara bojxona posti orqali mamlakatdan chiqib ketayotgan yuk mashinasi ko‘zdan kechirilganda undan 20 kg og‘irlikdagi geroin topilgani haqida ma’lum qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Qozog‘iston chegara-bojxona postlari kuchaytirilgan rejimda ishlamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

bojxona Yallama

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing