O‘zbekistonga olib kelingan vaksinaning foydasi bormi?

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonga keltirilgan ingliz-shved vaksinasi AstraZeneca`ning samaradorligi 70 foizni tashkil qiladi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID-19 ga qarshi AstraZeneca/Oxford vaksinasini favqulodda ishlatish mumkin bo‘lgan vaksinalar ro‘yxatiga kiritgan.

Har bitta tavsiya birinchi navbatda, chuqur tahlil asosida bo‘ladi. AstraZeneca vaksinasi ham 23 ming nafar ko‘ngillida o‘tkazilgan tahlillar asosida uning samaradorligi 70 foiz deya ko‘rsatilgan. 

To‘g‘ri, ayrim vaksinalar 90 yoki 80 foizlik samaradorlikka ega bo‘lishi ham mumkin. Lekin 70 foiz samaradorlikka ega vaksina ham samarali va emlashga tavsiya etiladigan vaksina hisoblanadi”, deydi Yusupaliyev.

U so‘zida davom etib, emlash jarayonida boshqa vaksinalar ham qo‘llanishini aytib o‘tdi. Hozir boshqa vaksinalarini ham olib kelish bo‘yicha muzokaralar olib borilyapti. 

“Sputnik V” vaksinasi bo‘yicha 1 million dozaga shartnoma ishlab chiqilgan. Shartnomani ayni paytda Rossiya tomoni ko‘rib chiqmoqda, muzokaralar yakuniga ko‘ra vaksina O‘zbekistonga olib kelinadi”, deya qo‘shimcha qilgan mas’ul.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbarining o‘rinbosari Botir Qurbonov O‘zbekiston aholini koronavirusga qarshi emlashda 3 xil vaksinadan foydalinishini aytgandi. Bular AstraZeneca, “Sputnik V” va ZF-UZ-VAC 2001 (ZF-2001) vaksinalari.

Shuni ham qayd etish kerakki, bu vaksinalarning faqat bittasi AstraZeneca JSST tomonidan rasman favqulodda qo‘llash uchun tavsiya etilgan. Ammo qator Yevropa davlatlari ushbu vaksinadan foydalanishni vaqtincha to‘xtatdi. Bunga vaksinatsiyadan keyin o‘lim holatlari kuzatilgani sabab bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, bugun O‘zbekistonga 660 ming dozada AstraZeneca vaksinasi olib kelindi. Mamlakatda 


Maqola muallifi

Teglar

Bahodir Yusupaliev

Baholaganlar

271

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing