O‘zbekistonga nechta elektromobil olib kelingan?

Texnologiya

image

O‘zbekistonga o‘tgan 2020 yilning yanvar-noyabr oylarida xorijdan 98 ta elektromobil import qilingan. Bu ko‘rsatkich 2019 yilning shu davri bilan solishtirilganda 66 taga ko‘p. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasining Matbuot xizmati xabar bermoqda

Qayd etilishicha, Xitoydan – 63 ta, Koreya Respublikasidan – 13 ta, Gruziyadan – 7 ta hamda Germaniya, AQSH, Birlashgan Arab Amirliklari, Rossiya Federatsiyasi va Chexiya Respublikasi kabi davlatlardan 15 ta elektromobil import qilingan.

Ma’lumot uchun, o‘tgan 2020 yilda import qilingan elektromobillar uchun 2,4 million AQSH dollari sarflangan.

Avvalroq, Hukumat “O‘zavtosanoat” AJni faqat elektromobillar ishlab chiqarishga o‘tkazmoqchiligi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

elektromobil'

Baholaganlar

461

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing