O‘zbekistonga qarshi o‘yin oldidan Eronda jiddiy yo‘qotishlar bor
Sport
−
25 mart
10496Bugun, 25 mart kuni bo‘lib o‘tadigan Eron-O‘zbekiston o‘yinini forslar tarkibida Rozbeh Cheshmi, Muhammad Mohebi kabi futbolchilar o‘tkazib yuboradi. Bu haqda “Varzesh3” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Istiqlol” klubi himoyachisi Rozbeh Cheshmi jarohat sabab 8-turni o‘tkazib yuboradi. Futbolchi mashg‘ulotlar vaqtida mushaklarini shikastlab olgan. Shuningdek, terma jamoa hujumchisi Mehdi Taremida ham jarohat bor va u ham katta ehtimol O‘zbekistonga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
Forslar tarkibida Muhammad Mohebi 7-turda BAAga qarshi o‘yinda olgan sariq kartochkasi tufayli orttirib olgan diskvalifikatsiya sabab O‘zbekistonga qarshi bahsda maydonga tushmaydi.
Ma’lumot o‘rnida, Eron-O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘yin bugun, 25 mart kuni Tehrondagi “Ozodiy” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Tehrondagi bahsda O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlash uchun 200 nafar andijonlik muxlis uchib ketgani haqida xabar berilgan edi.
LiveBarchasi