Taremi faoliyatini yakunlab, Eron armiyasiga qo‘shilmoqchi – OAV
Sport
−
03 mart 6039 1 daqiqa
Italiyaning “Inter” jamoasi sobiq futbolchisi va Eron terma jamoasining asosiy hujumchisi Mehdi Taremi faoliyatini yakunlab, Eron armiyasiga qo‘shilishga qaror qildi. Bu haqda “Tuoitre” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Taremi kutilmaganda “Olimpiakos”ni tark etib, vataniga qaytish va harbiy xizmatga yozilish uchun klub rahbariyatidan ruxsat so‘ragan. Eronda kuzatilayotgan murakkab siyosiy vaziyat fonida u milliy burchini bajarish istagini bildirgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 33 yoshli hujumchi hozirda top surayotgan Gretsiyaning “Olimpiakos” klubiga shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish istagini ma’lum qilgan.
“Endi mening mamlakatim menga har qachongidan ko‘proq muhtoj. Vatan xavf ostida bo‘lganda, futbol yagona ustuvorlik bo‘la olmaydi”, deydi Taremi yaqin do‘stlaridan biriga.
Eron futbol federatsiyasi (FFIRI) hozirda terma jamoaning asosiy yulduzini fikrini o‘zgartirishga ko‘ndirish uchun barcha choralarni ko‘rmoqda. Rasmiylar Taremining Yevropani tark etishi uning formasini yo‘qotishiga va oldinda turgan katta musobaqalar oldidan jamoaning kuchiga bevosita ta’sir qilishidan xavotirda.
Live
Barchasi