O‘zbekistonga 20 mlrd so‘mlik tilla buyumlarni olib o‘tgan shaxslar ushlandi (video)

3-sahifa

image

Qirg‘iz Respublikasidan O‘zbekistonga noqonuniy ravishda 19 kilogrammdan ortiq tilla buyumlar olib o‘tgan 2 kishi ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi. 

Bildirilishicha, davlat chegaralarini qo‘riqlash va tovar-moddiy boyliklar kontrabandasiga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari va Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Uning davomida Farg‘ona tumanida yashovchi, 1991 va 1993 yillarda tug‘ilgan ikki nafar fuqaro qo‘lga olinib, ulardan qo‘shni Qirg‘iz Respublikasidan noqonuniy ravishda davlat chegarasi orqali O‘zbekistonga olib o‘tilgan taxminiy qiymati 20 mlrd so‘mlik, umumiy og‘irligi 19 kg 119 gr bo‘lgan tilla zargarlik buyumlari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Hozirda olingan daliliy ashyolar ekspertizaga yuborilib, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkent viloyatining “Navoiy” chegara bojxona postida jinsiy a’zosiga zargarlik buyumlarini yashirib, mamlakat hududiga olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olingandi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Farg'ona tilla buyumlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing