Transport vaziri O‘zbekiston aviatsiya bozoridagi xorij kompaniyalari haqida ma’lumot berdi

Jamiyat

мфяшк

O‘zbekiston aviatsiya bozorida Rossiya, Qozog‘iston, Misr davlatlaridan 10 dan ortiq aviakompaniyalarning kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda Transport vaziri– “Uzbekistan Airways” AJ boshqaruv raisi Ilhom Mahkamov ma’lum qildi.

"O‘zbekiston hududagi aviakompaniyalarning raqobatbardosh bo‘la olishi faqatgina mahalliy avikompaniyalarga bog‘liq emas. O‘zbekiston aviatsiya bozoriga Rossiya Federatsiyasidan 12 ta, Qozog‘istondan 2 ta va Misrdan 3 ta aviakompaniya kirib parvozlarni yo‘lga qo‘ygan. Bunday vaziyatda, albatta, raqobat yuzaga keladi”, deydi vazir Mahkamov.

Vazir kuni kecha “Qanot Sharq” xususiy aviakompaniyasi o‘zining birinchi Airbus A320 yo‘lovchi samolyotini qabul qilib olganini eslatib, shShu kabi aviakompaniyalar bilan ijobiy ma’noda raqobat bo‘lishi kerak hisoblashini qo‘shimcha qildi.

Qayd etish kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yilning 28 yanvarida transport tizimini samarali tashkil etish borasidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazgan edi. Ushbu yig‘ilish davomida Prezident aviatsiya sohasidagi holatni qattiq tanqid ostiga olgandi.

“O‘tgan yili 4 ta aeroportda “ochiq osmon” rejimi joriy etilib, “beshinchi havo erkinligi” o‘rnatilgan edi. Ammo hanuzgacha birorta xorijiy aviokompaniya jalb qilinmadi. Bu holat yo‘lovchilarning asosli e’tirozlariga, boshqa xorijiy aviakompaniyalar xizmatidan foydalanishiga sabab bo‘lmoqda”, degan edi Prezident.

Ma’lumot o‘rnida, "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi Parij, Rim, Milan, Amritsar, Mumbay, Bangkok, Tokio, Kuala-Lumpur va Jakartaga amalga oshiriladigan reyslarini yopmoqchi. Ushbu reyslar norentabel deb topilgan.

Eslatib o‘tamiz, kompaniya, shuningdek, 12 ta foydalanilmayotgan – beshta “Il-76” va yettita ”Il-114” rusumli samolyotlari mavjud. Ularning taxminiy narxi 380 ming dollarni tashkil etadi. Texnikalarni sotish bo‘yicha ishlar noyabrga qadar yakunlashni rejalashtirgan.


Maqola muallifi

Teglar

transport aeroport Uzbekistan Airways aviatsiya Qanot Sharq

Baholaganlar

320

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing