AQŞ aeroportlarida yana minglab reyslar keçiktirildi
Olam
−
1492 2 daqiqa
AQŞning eng yirik aviataşuvçilaridan birining elektron tizimida nosozlik yuz berdi. Keça, 22 noyabr kuni AQŞda 6 mingga yaqin aviareys bekor qilindi yoki keçiktirildi. Bu haqda “FlightAware” portali ma’lumotlarida keltirilgan.
Qayd etilişiça, bir sutka içida mamlakatda 5,7 mingdan ortiq reys keçiktirilgan. Yana 242 ta aviaparvoz bekor qilingan.
“The New York Post” ma’lumotlariga köra, Amerikaning eng yirik aviataşuvçilaridan biri – “Delta Air Lines” kompaniyasining Atlanta aeroportidagi (Jorjiya ştati) elektron tizimida yuz bergan nosozlik bir neça yuzlab reyslarning keçikişiga olib kelgan.
Uşbu ma’lumotni AQŞ Fuqaro aviatsiyasi federal boşqarmasi (FAA) ham tasdiqlagan.
“Delta” aviakompaniya samolyotlarining vazni va markazlaştirilişini avtomatik hisoblaş tizimidagi nosozliklarni bartaraf etiş ustida işlamoqda. Uşbu keçikişlar AQŞ Fuqaro aviatsiyasi federal boşqarmasining havo harakatini boşqariş tizimlaridan birortasi bilan boğliq emas”, deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, 14 noyabr kuni havo harakatini boşqariş markazlariga ta’sir körsatgan aloqa tizimidagi nosozlik tufayli FAA mamlakatning barça aeroportlaridan samolyotlar parvozini töxtatib qöygan edi. Çeklovlar reyslarning ommaviy keçikişi va bekor qilinişiga olib kelgan, aviadispetçerlar esa havoda bölgan samolyotlar harakatiga tuzatişlar kiritişga majbur bölgandi.
Live
Barçasi