O‘zbekistondan Tojikistonga gaz yetkazib berish davom etmoqda – Energetika vazirligi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Tojikistonga suyultirilgan gaz yetkazib berishni to‘xtatgani haqida xabar bergan edik. Bunday xabar Tojikiston Prezidenti huzuridagi Monopoliyaga qarshi xizmati rahbari Abdulmajid Mo‘minzodning so‘zlariga asosan berilgandi.

Oradan ko‘p o‘tmay O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Tojikistonga gaz yetkazib berish davom etayotganini ma’lum qildi va tarqatilgan ma’lumotlar noto‘g‘ri ekanini ta’kidladi.

“O‘zbekistondan Tojikistonga gaz yetkazib berish shartnoma majburiyatlariga va tojik tomonining ehtiyojlariga muvofiq amalga oshirilmoqda”, deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Abdulmajid Mo‘minzod Qozog‘iston ham sentyabr oyida Tojikistonga suyultirilgan gaz eksportini kamaytirganini aytib o‘tgandi.


Maqola muallifi

Teglar

gaz O'zbekiston-Tojikiston

Baholaganlar

73

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing