O‘zbekistondan Koreyaga kirib keluvchilarga nisbatan karantin choralari kuchaytirildi
Jamiyat
−
16 Oktabr 2020
4618Janubiy Koreya Hukumati O‘zbekistondan mamlakatga kirib borayotganlar uchun karantin choralarini kuchaytirdi. Shuningdek, ushbu choralarga rioya qilishda faol hamkorlikka chaqirdi. Bu haqda O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi ma’lum qildi.
Endilik O‘zbekiston fuqarolariga quyidagi talablar qo‘yiladi:
• tana harorati 37,3 daraja etib belgilandi (avval 37,5 edi);
• kasallik alomatlari bor shaxsning hamrohi ham aeroportdagi maxsus karantin hududida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi;
• kasallik alomatlari yo‘q shaxslar vaqtinchalik karantinni o‘tash joyida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi;
• tekshiruv musbat natijaga ega bo‘lsa, shifoxona yoki davolash muassasasiga jo‘natiladi;
tekshiruv manfiy natijaga ega bo‘lsa, qisqa muddatli vizaga ega fuqarolar maxsus karantin hududiga, uzoq muddatli vizaga ega fuqarolar (turar joyining karantin sharoitiga muvofiqligi tekshirilgandan so‘ng) karantinni o‘tash uchun turar joylariga jo‘natiladi.
LiveBarchasi