O‘zbekiston soliqqa doir ikkita xalqaro shartnomani tasdiqladi
Jamiyat
−
18 Sentabr 2020
5382O‘zbekiston Yaponiya va Janubiy Koreya bilan soliqqa tortishga doir xalqaro shartnomalarni tasdiqladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tegishli qarorlarni imzoladi.
Gap quyidagi hujjatlar xususida bormoqda:
O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o‘rtasida 2019 yil 19 dekabrda Tokio shahrida imzolangan Daromad soliqlari bo‘yicha ikki yoqlama soliqqa tortishni bartaraf qilish hamda soliqlarni to‘lashdan bosh tortish va bo‘yin tovlashning oldini olish to‘g‘risidagi konvensiya;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Koreya Respublikasi Hukumati o‘rtasida 1998 yil 11 fevralda imzolangan Ikki yoqlama soliq solinishining oldini olish hamda daromad va sarmoya soliqlarini to‘lashdan bosh tortishni bartaraf qilish to‘g‘risidagi konvensiyaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida 2019 yil 19 aprelda Toshkent shahrida imzolangan bayonnoma.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga mazkur xalqaro shartnomalar kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari O‘zbekiston tomonidan bajarilganligi to‘g‘risida xorijiy hamkorlarga tegishli xabarnoma yo‘llash topshirildi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlarni bajarilishini ta’minlaydi.
LiveBarchasi