Koreyalik ekspert koronavirusni davolash uchun O‘zbekistonga keldi
Jamiyat
−
30 mart 2020
11122O‘zbekistonda koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi kurashishni yanada kuchaytirish maqsadida Koreya Respublikasining Koryo universiteti professori Soy Chje Uk xalqaro eksperti taklif etildi Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
“Dunyoda kechayotgan pandemiya xuruj qilayotgan ayni paytda yurtimiz Sog‘liqni saqlash vazirligi bugun va ertaga qanday chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan maslahat olish, hamkorlikda ishni tashkil qilish hamda dunyo va Koreya Respublikasi tajribasi bilan mamlakatimizda qo‘llanilayotgan koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha bugungi metodologiyani uyg‘unlashtirish maqsadida xalqaro mutaxassis, Koreya Respublikasining Koryo universiteti professori Soy Chje Uk xalqaro ekspert sifatida mamlakatimizga taklif etildi”, deyiladi SSV xabarida.
Koryo universiteti professori, Koreya tibbiyot assotsiatsiyasi ilmiy-tekshirish qo‘mitasi raisi, ushbu assotsiatsiyaning koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha shtabi yetakchi maslahatchisi Soy Chje Uk bugundan boshlab O‘zbekistonda Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘z faoliyatini boshladi.
Ushbu xalqaro ekspert bilan hamkorlikda, shuningdek, koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni samarali davolash va ularning xastalikdan tezroq forig‘ bo‘lishlari uchun yuqori tibbiy texnologiyalardan unumli foydalanishni yanada kuchaytirishga ham alohida e’tibor qaratish ko‘zda tutilgan.
Ma’lumot o‘rnida, Koreya Respublikasida koronavirusga chalinganlar 9661 nafarni tashkil etmoqda. Mamlakatda 158 kishi ushbu xastalikdan vafot etgan bo‘lsa, sog‘ayganlar 5228 nafarga yetgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Hozirga kelib ushbu virusni yuqtirib olganlar 149 kishini tashkil etmoqda. Kasallanganlardan ikki nafari vafot etdi, 7 kishi sog‘ayib, oilasi bag‘riga qaytdi.
LiveBarchasi
AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi.
27 dekabr