O‘zbekistondan keyin Ozarbayjon mahsulotlari ham Rossiyada taqiqqa uchradi

Olam

image

Rossiyaning Veterinar va fitosanitar nazorat federal xizmati (Rosselxoznadzor) joriy yilning 10 dekabridan boshlab Ozarbayjonda yetishtirilgan pomidor va olmani mamlakatga kiritishni taqiqladi.

“Rosselxoznadzor Ozarbayjon Respublikasining Oziq-ovqat xavfsizligi agentligini Rossiya Federatsiyasiga yetkazilayotgan mahsulotlarda tizimli ravishda YeOIIga a’zo davlatlar uchun karantin ob’ekti hisoblangan narsalar aniqlanayotgani haqida bir necha marta ogohlantirgan”, deyiladi tashkilot xabarida.

Ta’kidlanishicha, 2020 yil 22 oktyabrdan bugungacha 17 ta holatda qishloq xo‘jaligi mahsulotida (olma va pomidor) Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi hududida karantin ob’ekti hisoblangan janubiy amerika pomidor kuyasi (Tuta absoluta) va sharq zararkunandasi (Grapholita molesta (Busck)) aniqlangan.

Rosselxoznadzor fitosanitar farovonlikni saqlab qolish, yuqorida ko‘rsatilgan zararkunandalarning RF hududiga kirishi va tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun 10 dekabrdan Ozarbayjondan pomidor va olma olib kirishni taqiqlagan.

Bundan tashqari, federal xizmat tomonidan Armanistonning Armavir viloyatidan pomidor va qalampir import qilish ham taqiqlandi.

Ta’kidlash kerakki, oxirgi vaqtlarda Rosselxoznadzor faol ravishda yaqin qo‘shni davlatlardan mahsulotlar kiritishni taqiqlayapti. Bundan avval O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatidan barcha turdagi o‘simlik mahsulotlarini, Qashqadaryodan esa pomidor va qalampir olib kirishni taqiqlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossel'xoznadzor Rossiya-Ozarbayjon

Baholaganlar

116

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing