O‘zbekistondan Italiya va Fransiyaga parvozlar to‘xtatiladi

Jamiyat

image

Qishki parvozlar jadvaliga o‘tilishi munosabati bilan Urganch–Milan–Toshkent, Urganch–Rim–Toshkent va Toshkent–Parij–Toshkent yo‘nalishlari bo‘yicha mavsumiy aviaqatnovlar vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” AJ Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Italiya va Fransiyaga parvozlar tasdiqlangan jadvalga ko‘ra yozgi parvozlar jadvali oxirigacha quyidagicha amalga oshiriladi:

•    Urganch–Rim–Toshkent haftada bir marta – seshanba kunlari (25 oktyabrgacha);
•    Urganch–Milan–Toshkent haftada bir marta – juma kunlari (28 oktyabrgacha);
•    Toshkent–Parij–Toshkent haftasiga ikki marta – seshanba va juma kunlari (28 oktyabrgacha).


Maqola muallifi

Teglar

parvoz

Baholaganlar

1086

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing