O‘zbekistondan Gruziyaga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Jamiyat

image

Transport vaziri Ilhom Mahkamov Gruziya Bosh vaziri o‘rinbosari, iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vaziri Levan Davitashvili bilan uchrashdi. Unda ikki tomon Gruziya-Samarqand aviaqatnovlarini yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi xabar berdi.

Shuningdek, Davitashvili Gruziyaning Qora dengiz sohillarida o‘zbek tadbirkorlari ishtirokida port va terminallar qurilishida va mavjud portlardan samarali foydalanishda yordam berilishini bildirdi.

Bundan tashqari, xalqaro tashuvlarni amalga oshirishda ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash hajmini oshirish borasida ham kelishib olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2020 yilda koronavirus pandemiyasi sababli to‘xtatilgan Qozon va Toshkent o‘rtasidagi poyezdlar qatnovi 2024 yilda tiklanishi aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Gruziya O'zbekiston aviaqatnov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing