O‘zbekistondagi yana beshta hududda masjidlar ochildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 20 iyun holatiga ko‘ra, tuman va shaharlar epidemiologik toifalarining yangilangan ro‘yxati e’lon qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Navoiy viloyati Xatirchi tumani, Namangan viloyati Uychi tumani, Sirdaryo viloyati Yangiyer shahri, Surxondaryo viloyati Termiz shahri va Toshkent viloyati Angren shahriga “yashil” hudud toifasi berildi.

Shunga muvofiq O‘zbekiston musulmonlari idorasining karantin davrida masjidlar faoliyatini tashkil etish yuzasidan bayonotiga muvofiq, shu yil 22 iyundan boshlab, ushbu hududlarda joylashgan masjidlar namozxonlar uchun ochiladi.

“Qizil” yoki “sariq” xududlardan “yashil” xududlar qatoriga o‘tish va masjidlar o‘z faoliyatini qayta boshlashida – har bir insonning hissasi katta bo‘ladi, karantin mezonlariga amal qilish ayni matlub va shariatda buyurilgan ishdir”, deyiladi xabarda.

Avvalroq, Buxoro viloyati Kogon tumani, Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani, Navoiy viloyati Konimex tumani, Samarqand viloyati Pastdarg‘om, Oqdaryo, Tayloq va Jomboy tumanlari, Sirdaryo viloyati Sardoba tumani va Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani, Nurafshon shahridagi masjidlar ochilgani haqida xabar bergan edik.

Eslatib o‘tamiz, 8 iyundan “yashil” hududlarda joylashgan masjidlar o‘z faoliyatini boshladi.


Maqola muallifi

Teglar

masjid

Baholaganlar

135

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing