O‘zbekistondagi vaksinatsiya jarayonlari haqida ma’lumot berildi
Jamiyat
−
03 iyun 2021
3559Kecha, 2 iyunda mamlakat hududlari bo‘ylab 55102 doza COVID-19 ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ulardan:
- 1-bosqich emlanganlar 23789 nafarni;
- 2-bosqich emlanganlar 30339 nafarni;
- 3-bosqich emlanganlar 974 nafarni tashkil qildi.
Ayni kungacha mamlakatda jami 2191525 doza vaksinadan foydalanildi.
Ulardan:
- 1-bosqich emlanganlar 1402979 nafarni;
- 2-bosqichda emlanganlar 786 290 nafarni;
- 3-bosqich emlanganlar 2256 nafarni tashkil qildi.
2 iyun kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:
- Andijon viloyati (7045 doza);
- Namangan viloyati (6327 doza);
- Toshkent viloyati (6080 doza)band qildi.
Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar:
- Farg‘ona viloyatida 280506 doza;
- Namangan viloyatida 257550 doza;
- Andijon viloyatida 249364 doza;
- Samarqand viloyatida 208307 dozani tashkil qilmoqda.
Emlash jarayonlari davom etadi.
LiveBarchasi