O‘zbekistondagi qaysi viloyat vaksinatsiyada faollik ko‘rsatmoqda?

Jamiyat

image

Farg‘ona viloyati emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha 200 ming dozalik marradan oshib ketdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Kecha, 21 mayda mamlakat hududlari bo‘ylab 46 018 doza COVID-19 ga qarshi vaksina qo‘llanildi. 

Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 15 046 nafarni;
  • 2-bosqichda emlanganlar 30 972 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha mamlakatda jami 1 mln 558 439 doza vaksinadan foydalanildi. 

Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 1 mln 169 359 nafarni;
  • 2-bosqichda emlanganlar 389 080 nafarni tashkil qildi.

21 may kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

  • Andijon viloyati (6134 doza);
  • Farg‘ona viloyati (5190 doza);
  • Toshkent shahri (5181 doza);
  • Samarqand viloyati (5000 doza) band qildi. 

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar:

  • Farg‘ona viloyatida 209 255 doza; 
  • Andijon viloyatida 195 244 doza;
  • Namangan viloyatida 173 706 doza;
  • Samarqand viloyatida 154 560 dozani tashkil qilmoqda.

Emlash jarayonlari davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona Vaktsinatsiya

Baholaganlar

100

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing