O‘zbekistonda koronavirusga qarshi to‘liq emlanganlar 60 mingga yaqinlashdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi uch bosqichda to‘liq emlanganlar soni 58 ming nafardan oshdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Kecha, 14 iyunda mamlakat hududlari bo‘ylab, 43 991 doza COVID-19 ga qarshi vaksina qo‘llanildi. 

Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 19042  nafarni; 
  • 2-bosqich emlanganlar  14282 nafarni;
  • 3-bosqich emlanganlar 10667 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha mamlakatda jami 2653685 doza vaksinadan foydalanildi. 

Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 1605627 nafarni;
  • 2-bosqichda emlanganlar 990029 nafarni;
  • 3-bosqich emlanganlar 58029 nafarni tashkil qildi. 

14 iyun kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

  • Toshkent viloyati (8668  doza);
  • Farg‘ona viloyati (6277 doza);
  • Samarqand viloyati (4464  doza) band qildi. 

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar:

  • Farg‘ona viloyatida 318075  doza;
  • Andijon viloyatida 308629  doza;
  • Namangan viloyatida  307824 dozani tashkil qilmoqda. 

Emlash jarayonlari davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina Vaktsinatsiya

Baholaganlar

20

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing