O‘zbekistonda shu kungacha koronavirusga qarshi qancha vaksina qo‘llanildi?

Jamiyat

−

image

Emlash ishlari boshlanganidan beri O‘zbekistonda 4,3 million dozadan ortiq vaksina qo‘llanildi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Kecha, 6 iyulda O‘zbekiston hududlari bo‘ylab 136288 doza COVID-19 ga qarshi vaksina qo‘llanildi. 

Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 93358 nafarni, 
  • 2-bosqich emlanganlar 20916 nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 22014 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha mamlakatda jami 4 million 361 ming 222 doza vaksinadan foydalanildi. 

Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 2590620 nafarni, 
  • 2-bosqichda emlanganlar 1348382 nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 422220 nafarni tashkil qildi. 

6 iyul kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

  • Namangan viloyati (21329 doza),
  • Farg‘ona viloyati (20821 doza),
  • Andijon viloyati (20633 doza) band qildi. 

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar:

  • Namangan viloyatida 535872 doza, 
  • Farg‘ona viloyatida 515597 doza, 
  • Andijon viloyatida 497478 dozani tashkil qilmoqda. 

Ma’lumot uchun, hozirda O‘zbekistonda AstraZeneca (CovieShield), “Sputnik V” hamda o‘zbek-xitoy vaksinalaridan foydalanilmoqda. Emlash jarayonlari davom etadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

34

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing