O‘zbekistondagi talabalarning qanchasi ham o‘qib, ham ishlaydi?

Jamiyat

−

image

Bugungi kunda O‘zbekiston bo‘ylab 114 505 nafar talaba rasman ishlamoqda. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, davlat tashkilotlarida 62 691 nafar (54,7%), xususiy sub’ektlarda 47 878 nafar (41,8%), har ikkala sektorda esa 3 936 nafar (3,5%) talabalar faoliyat yuritmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, jins bo‘yicha erkaklar  67 099 nafarni (58,6%) ayollar esa 47 406 nafar (41,4)ni tashkil qiladi.

Shuningdek, hududlar kesimida ular quyidagilarni tashkil etadi:

  •  Toshkent shahri – 36135 nafar (31,6%);
  • Samarqand viloyati – 9931 nafar (8,7%);
  • Farg‘ona viloyati – 9779 nafar (8,5%);
  • Toshkent viloyati – 8927 nafar (7,8%);
  • Qashqadaryo viloyati – 8202 nafar (7,1%).

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing