O‘zbekistondagi talabalar soni ochiqlandi

Jamiyat

−

image

O‘zbekistondagi oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalarning umumiy soni so‘nggi 10 yilda 5,4 barobarga oshgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2024/2025 o‘quv yili boshiga O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalarning umumiy soni 1 mln 432,8 ming nafarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2015/2016 o‘quv yiliga nisbatan solishtirilganda 1 mln 168,5 ming nafarga yoki 5,4 barobarga oshgan.

Oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalarning umumiy soni yillar kesimida quyidagicha:

  • 2015/2016 o‘quv yili boshiga – 264,3 ming nafar;
  • 2016/2017 o‘quv yili boshiga – 268,3 ming nafar;
  • 2017/2018 o‘quv yili boshiga – 297,7 ming nafar;
  • 2018/2019 o‘quv yili boshiga – 360,2 ming nafar;
  • 2019/2020 o‘quv yili boshiga – 441 ming nafar;
  • 2020/2021 o‘quv yili boshiga – 571,5 ming nafar;
  • 2021/2022 o‘quv yili boshiga – 808,4 ming nafar;
  • 2022/2023 o‘quv yili boshiga – 1 042,1 ming nafar;
  • 2023/2024 o‘quv yili boshiga – 1 314,5 ming nafar;
  • 2024/2025 o‘quv yili boshiga – 1 432,8 ming nafar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni bilan O‘zbekistonda 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab sirtqi ta’limga barcha yo‘nalishlar uchun qabul butunlay yopilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing