O‘zbekistondagi OTMlarda qizlar ko‘proqmi yoki yigitlar?

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida 2025/2026-o‘quv yili davomida tahsil olayotgan talabalar soni 1,5 million nafarga yetdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan o‘quv yiliga nisbatan 102,2 ming nafarga yoki 7,1 foizga ko‘p degani.
Qayd etilishicha, talabalarning 782,9 ming nafarini ayollar, 752,1 ming nafarini erkaklar tashkil etgan. Bu esa ayollar soni erkaklarnikiga nisbatan 4,1 foizga ko‘pligini ko‘rsatadi.

Talabalar sonining yillar kesimidagi dinamikasi:

  • 2021/2022 o‘quv yili – 808,4 ming nafar;
  • 2022/2023 o‘quv yili – 1 042,1 ming nafar;
  • 2023/2024 o‘quv yili – 1 314,5 ming nafar;
  • 2024/2025 o‘quv yili – 1 432,8 ming nafar;
  • 2025/2026 o‘quv yili – 1 535,0 ming nafar.

Eslatib o‘tamiz, 8 iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tanishgan mamlakat oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash yuzasidan taqdimotda mingdan ziyod loyihani moliyalashtirish uchun 500 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirish, 10 mingga yaqin yoshlarni band qilish rejalashtirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

ta'lim statistika talabalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing