O‘zbekistondagi masjidlarda Ramazon oyiga tayyorgarlik boshlangani e’lon qilindi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistondagi masjidlarda muborak Ramazon oyini munosib tarzda kutib olish, uni yuqori saviyada o‘tkazish va Taroveh namozlarida mo‘min-musulmonlarga qulay shart-sharoitlar hozirlash maqsadida tayyorgarlik ishlari boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, masjidlarda Taroveh namozlariga qulay shart-sharoitlarni hozirlash maqsadida, joriy yilning  10 aprel, shanba kuni “Ozodalik kuni” o‘tkaziladi.

“Koronavirus kasalligi bilan bog‘liq murakkab vaziyat davom etayotganini inobatga olgan holda taroveh namozlarida sanitariya-epidemiologik nazorat kuchaytiriladi. Xususan, namozxonlar tibbiy niqobda bo‘lish, oraliq masofani saqlash, tashrif buyuruvchilar tana haroratini o‘lchash, antiseptik vositalardan foydalanish kabi karantin tartib-qoidalariga rioya qilinadi.

Masjidlarda elektr, gaz va yong‘in xavfsizligi hamda namoz o‘qiladigan joylar muhofazasiga katta e’tibor qaratiladi, texnik jihozlarning sozligi ko‘rikdan o‘tkaziladi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, imom-xatiblar tamonidan OAV va Internet saytlari, ijtimoiy tarmoqlarda Ramazon oyining mazmun-mohiyatini o‘zida mujassam etgan chiqishlari qilinishi ko‘zda tutilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Ramazon oyi

Baholaganlar

94

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing