O‘zbekistondagi masjidlar soni yana bittaga ko‘paydi
Jamiyat
−
05 Sentabr 2020
9982Toshkent viloyatida yangi jome masjidi ochildi. Bu bilan Toshkent viloyatidagi masjidlar soni 226 taga yetdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi ma’lum qildi.
Yangi ochilgan masjid Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida qad rostladi. Mazkur masjidga Hazrati Mu’oz ibn Jabal roziyallohu anhu nomi berildi.
Qayd etilishicha, Toshkent viloyati Respublika bo‘yicha masjidlar soni jihatdan 2 o‘ringa chiqqan. Endilikda O‘zbekistondagi masjidlari soni 2073 taga yetdi.
O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori asosida 4 sentyabrdan boshlab barcha diniy tashkilotlarda jamoaviy ibodatlarga ruxsat berildi. 6 oylik tanaffusdan so‘ng, 4 sentyabr kuni ilk juma namozi jamoat bilan ado etildi.
Ahrorbek Hayrullayev
LiveBarchasi