O‘zbekistondagi xorijiy korxonalar asosan qaysi sohada faoliyat yuritadi?

Bu qiziq

image

2024 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistondagi xorijiy investitsiyalar ishtirokida 544 ta yangi korxonalar tashkil etilgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ularning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha:

  • savdo sohasida – 234 ta;
  • sanoat sohasida – 84 ta;
  • axborot va aloqa sohasida – 47 ta;
  • qurilish sohasida – 39 ta;
  • yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 28 ta;
  • qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 15 ta;
  • tashish va saqlash sohasida – 12 ta;
  • sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 6 ta;
  • boshqa sohalarda – 79 ta.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda so‘nggi bir yil ichida xorijiy investitsiya ishtirokida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar 1,2 barobarga oshgani bildirilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

korxona xorij Statistika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing