O‘zbekistondagi bemorlar soni yana 3 nafarga kamaydi

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 nafar bemor koronavirusni yengib o‘tdi. Bu haqda bugun, 17 aprel kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi

“Qoraqalpog‘iston yuqumli kasalliklar shifoxonasidan koronavirus infeksiyasiga chalingan 3 nafar bemor butunlay sog‘aydi. Ular respublika sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi“, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, sog‘ayganlarning 1 nafari Toshkent shahridan bo‘lib, Toshkent-Qo‘ng‘irot yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdda Qoraqalpog‘istonga borgan. Ikki nafari esa Nukus shahridan ota-bola bo‘lib, kasallikni koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali yuqtirib olishgan. Samarali davolash muolajalari tufayli bugungi kunda laboratoriya tekshiruvlari ularning darddan butunlay forig‘ bo‘lganini ko‘rsatdi.

Mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar bugunning o‘zida 27 nafarga yetib, jami 156 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. 4 nafari vafot etganMavjud bemorlar soni 1230 kishini tashkil qilmoqda.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang,  #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

151

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing