O‘zbekistondagi barcha tashkilotlarda mehnat huquqlari ta’minlanishi baholanadi

Jamiyat

image

Mulkchilik shaklidan qat’i nazar O‘zbekistondagi barcha tashkilotlarda mehnat huquqlari va mehnat muhofazasi ta’minlanganlik holati onlayn reyting asosida baholanadi. Bu haqda kecha, 4 oktyabr kuni qabul qilingan “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorida belgilangan.

Qarorga asosan, sanoat kirib bormagan mahallalarda 2025 yil 1 dekabrga qadar 1000 ta, 2026 yilda 2000 ta qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda kichik ishlab chiqarish loyihalari ishga tushiriladi.

Shu bilan birga, “Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga o‘qitish markazlari negizida kasbiy ko‘nikmalar markazlari tashkil etiladi hamda quyidagilar yo‘lga qo‘yiladi:

  • 2025 yil 1 yanvardan ish beruvchilar talabiga moslashuvchan o‘qitish muddati va vaqtini nazarda tutuvchi tezkor kurslar;
  • 2025 yil 1 martdan amaliy kasbiy ko‘nikmalarni bevosita ish joyida shakllantirish imkonini beruvchi yangi tajribani joriy etish;
  • 2026 yil 1 yanvargacha kasbiy ko‘nikmalar markazlarini xalqaro baholash tashkilotlarining akkreditatsiyasidan o‘tkazish orqali ularning bitiruvchilariga xorijda tan olinadigan sertifikatlar (malaka pasportlari) berish;
  • 2026 yil 1 iyulgacha xalqaro standartlar bo‘yicha kasbiy malakani baholovchi markazi tashkil qilinadi va xorijiy davlatlarda tan olinadigan malaka sertifikati berish.

Bundan tashqari, 2025 yil 1 martdan e’tiboran davlat mehnat inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalari mansabdor shaxslariga mehnat huquqlari va mehnatni muhofaza qilish, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish, aholi bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini bajarmaganligi uchun kameral nazorat o‘tkazish vakolati beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Ishga marhamat” mehnat huquqlari mehnat muhofazasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing