O‘zbekistondagi 2 ta OTMga rektor tayinlandi
Jamiyat
−
11 iyun 2021
7718O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli qarori bilan Farg‘ona davlat universiteti va Qo‘qon davlat pedagogika institutiga rektorlar tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Unga ko‘ra:
- Bahodirjon Shermuhammadovich Shermuhammadov Farg‘ona davlat universiteti rektori etib;
- Dilnoza Shavkatovna Xo‘jayeva Qo‘qon davlat pedagogika instituti rektori etib tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21 aprel kuni Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Farg‘ona davlat universitetining rektori Ravshan Maqsudov va Qo‘qon davlat pedagogika institutining rektori Mamirjon Otajonov lavozimlaridan ozod etilgandi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15