O‘zbekistondagi 2 klub vakillari kelishilgan o‘yinlarda qatnashgani uchun jazolandi
Sport
−
28 may 2021
8878O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Futbol faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha maxsus inspeksiyasi tomonidan Pro-ligada qatnashuvchi “Yangiyer” hamda “Sho‘rtan” futbol klublarining ayrim vakillari xaq evaziga kelishilgan o‘yinlarda qatnashganligi va totalizator o‘ynab kelgan shahslarga yordam bergani aniqlandi. Bu haqda O‘FAning rasmiy saytida xabar berildi.
Ushbu holatlar bo‘yicha O‘FA maxsus inspeksiyasi tomonidan tegishli ma’lumotlar to‘planib, O‘FA Etika qo‘mitasiga ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish uchun taqdim etildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘FA Etika qo‘mitasining yig‘ilishi o‘tkazilib, unda Pro-liga musobaqasida qatnashuvchi “Yangiyer” hamda “Sho‘rtan” futbol klublarining ayrim vakillariga nisbatan intizomiy choralar qo‘llanildi.
Bunda ayrim futbolchi va mutaxassislar kelishilgan o‘yinlarda qatnashgani, totalizator o‘ynab kelgan shahslarga yordam bergani hamda yordam berishga uringani uchun 6 oydan 1 yilgacha bo‘lgan muddatlarga futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatdan chetlatildi.
Mazkur qaror O‘FA tomonidan rasmiy tarzda e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kirdi.
LiveBarchasi