O‘zbekistonda zo‘ravonlikka uchragan ayollarni qo‘llab-quvvatlash uchun “koll-markazlar” tashkil etiladi
Jamiyat
−
28 iyul 2023
3528O‘zbekistonda zo‘ravonlikka uchragan ayollarni qo‘llab-quvvatlash uchun “koll-markazlar” tashkil etiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Farg‘ona shahrida o‘tkazilayotgan Ichki ishlar vazirligining kengaytirilgan hay’at yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, joriy yil birinchi yarmining o‘zida turli nizolar tufayli 600 dan ziyod jinoyat sodir etilgan bo‘lib, ularda 2,7 mingga yaqin, oilaviy zo‘ravonlikdan 20 mingga yaqin ayol jabr ko‘rgan.
Shuningdek, ayrim mahallalarda xotin-qizlar faollari instituti kutilgan natijani bermayotgani tanqid qilingan.
Shunga ko‘ra, davlat rahbari yangi tuzilgan Ijtimoiy himoya milliy agentligi doirasida har bir tumanda:
- ijtimoiy xizmatlarni “yagona darcha” tamoyili asosida ko‘rsatadigan ijtimoiy xizmatlar markazlari;
- psixolog, huquqshunos, ijtimoiy xodimdan iborat “mobil guruhlar”;
- zo‘ravonlikka uchragan ayollarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “koll-markazlar” tashkil qilishni topshirgan.
Qiyin ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar uchun huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish xizmatini kengaytirish vazifasi qo‘yilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda uyushmagan yoshlarning yagona elektron bazasi shakllantirilishi haqida xabar berilgandi. Shuningdek, mamlakatda barcha shoshilinch murojaatlar uchun yagona dispetcherlik tizimi ishga tushirilishi ma’lum qilindi.
LiveBarchasi