O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi

Jamiyat

−

image

Xitoy va Qirg‘iziston chegarasida sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonga sezildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi. 

Bugun, 30 yanvar Toshkent vaqti bilan 03:27 da Xitoy va Qirg‘iziston chegarasida 6  ballik  zilzila sodir bo‘ldi.

Zilzila koordinatalari: 41,2 gradus shimoliy kenglik; 78,79 gradus sharqiy uzunlik. Chuqurlik 15 kilometr. Zilzila epitsentri Toshkentdan 800 kilometr janubi-sharqda.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

  • Andijon viloyatida – 2 ball,
  • Farg‘ona viloyatida – 2 ball,
  • Namangan viloyatida – 2 ball.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy va Qirg‘iziston chegarasida sodir bo‘lgan zilzila vodiy va Toshkentga ta’sir qilgandi.

Javohir Yo‘ldashov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing