O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi
Jamiyat
−
09 iyul 2025 13684 1 daqiqa
Bugun, 9 iyul kuni soat 15:32 da Qashqadaryo viloyatida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Zilzila epimarkazi Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida Toshkentdan 422 km janubiy-g‘arbda joylashgan. Koordinatalari: 38,51 shimoliy kenglik, 65,81 sharqiy uzunlik. Magnituda: 3,5, zilzila chuqurligi 10 km. Epimarkazda sezilish kuchi: 4 ball.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Nishon tumanida 2-3 ball, 22 km;
- G‘uzor tumanida 2 ball, 29 km;
- Qarshi shahrida 2 ball, 37 km.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatining Qorakol tumanida 3,7 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi.
Live
Barchasi