O‘zbekistonda jinoyatlarni fosh etishda DNK ma’lumotlaridan foydalaniladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda jinoyatlarni fosh qilishda genom axborotlaridan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari muhokama qilgan “Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risida”gi qonun loyihasida belgilangan. Bu haqda quyi palata matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, DNK ma’lumotlari, ya’ni genom axboroti ma’lumotlar bazasi ham jinoyatchilikka qarshi kurashishda samarali vosita hisobalanadi. Ushbu ma’lumotlar yordamida jinoyatlarni fosh etishda yuqori samaraga erishish mumkin.

Majlisda deputatlar tomonidan ta’kidlanganidek, genom axboroti ma’lumotlar bazasi yordamida jinoyatlarni ochish mexanizmining joriy etilishi fosh etish murakkab, o‘ta og‘ir bo‘lgan yoki muqaddam ochilmagan jinoyatlarni ochishga ko‘maklashadi, shuningdek, genom axborotining yagona ma’lumotlar bazasi yaratilishi bedarak yo‘qolgan shaxslarni topish imkonini beradi.

Qonun loyihasi bilan genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish doirasidagi vakolatli organlarning huquq va majburiyatlari, genom axborotini yig‘ish, unga ishlov berish va himoya qilishning asosiy talablari, genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish tartibini va biologik material va genom axborotini olish, qayd etish, saqlash, undan foydalanish va uni yo‘q qilib tashlash tartibi belgilanmoqda.

Deputatlarning fikricha, mazkur qonunning qabul qilinishi sodir etilgan jinoyatlarni biologik ashyoviy dalillar yordamida fosh etishga ko‘maklashib, sud-tergov organlarining isbotlov bazasini mustahkamlaydi.

Muhokamalardan so‘ng qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat DNK

Baholaganlar

59

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing