O‘zbekistonda “yo‘l solig‘i” mavjudmi?
Jamiyat
−
23 may 2019
47262018 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar va majburiy ajratmalar” mavjud bo‘lgan va ular O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 29 dekabrdagi O‘RQ-454-son qonuniga asosan bekor qilingan. Bu haqda DSQ xabar tarqatdi.
Soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, 2019 yil 1 yanvardan boshlab, boshqa majburiy to‘lovlar jumlasiga kiruvchi “Avtotransport yig‘imlari” joriy etildi. Ushbu yig‘imlar:
• avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun;
• chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranzit tarzida o‘tganligi uchun undiriladi.
LiveBarchasi