O‘zbekistonda yilning eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar ma’lum bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan 2023 yilning eng yaxshi murabbiyi sovriniga da’vogarlar ro‘yxatini e’lon qilindi. Ro‘yxatdan 6 nafar murabbiy o‘rin olgan.

Murabbiylardan 3 nafari terma jamoalarda, yana  3 nafari esa O‘zbekiston chempionati klublarida faoliyat yuritadi.

Da’vogarlar ro‘yxati:

Samvel Babayan (“Navbahor”);
Ro‘ziqul Berdiyev (“Nasaf”);
Maksim Shatskix (“Paxtakor”);
Jamoliddin Rahmatullayev (O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi);
Temur Kapadze (O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi);
Ravshan Haydarov (O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi).

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun da’vogarlar e’lon qilingandi. Da’vogarlardan 7 nafari xorij chempionatlarida, 5 nafari esa mahalliy klublarda to‘p tepadi.


Maqola muallifi

Teglar

Samvel Babayan Maksim Shatskix Temur Kapadze

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing