“Navbahor” vodiy derbisida yengildi

Sport

image

Kecha, O‘zbekiston Superligasining 4-tur bahslari start oldi. Turning ilk kunida “Bunyodkor”, “Qo‘qon 1912” va OKMK o‘z uchrashuvlarida g‘alaba qozondi.

4-turning dastlabki uchrashuvlaridan birida “Xorazm” o‘z maydonida Toshkentning “Bunyodkor” klubiga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Poytaxtliklarga g‘alaba keltirgan gollarga Nosirxon Abdusalomov va Matiya Krivokapich mualliflik qildi.“Xorazm”ning yagona goli Temur Ismoil tomonidan kiritildi.

Shuningdek, turda Temur Kapadze shogirdlari vodiy derbisida “Qo‘qon 1912”ga 1:2 hisobida yutqazdi. “Navbahor” dastlab 15 daqiqada Chichinadezening goli bilan hisobni ochgan bo‘lishiga qaramay, 29-daqiqada Javohir Husanov va 90+3 daqiqada Muhammadanas Hasanov goli Farg‘ona jamoasida g‘alaba keltirdi. Shu tariqa, Temur Kapadze boshqaruvidagi “Navbahor” 4-turdan so‘ng 2-mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.

“Qizilqum” va OKMK jamoalari orasidagi bahsda Abror Karimovning yagona goli Olmaliqliklarga g‘alaba keltirdi.

Ma’lumot uchun, hozirda Superliga turnir jadvalida Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi 100 foizlik natija bilan peshqadamlik qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Superliga Temur Kapadze “Bunyodkor”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing