O‘zbekistonda yiliga qancha odam jinoyatchi maqomini olyapti?

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2022 yil davomida sud tomonidan 56 542 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Shulardan 14 081 nafariga nisbatan ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi

Keltirilishicha, shu yilning o‘tgan uch oyida 13 907 nafar shaxs sudlangan. Ulardan 3 707 tasiga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

Obidovning aytishicha, ozodlikni cheklash bir yildan besh yilgacha bo‘lgan muddatda tayinlanadi. Mahkum ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlagan yoki sud tomonidan o‘z zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarmagan taqdirda, sud ozodlikni cheklash jazosining o‘talmay qolgan muddatini boshqa turdagi jazo bilan almashtirishi mumkin.

Mazkur jazo harbiy xizmatchilar, chet el fuqarolari va O‘zbekistonda doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarga nisbatan tayinlanmaydi.

Eslatib o‘tamiz, “World Population Review” tadqiqot portali jinoyatchilik darajasi eng yuqori bo‘lgan davlatlar haqida hisobot e’lon qilgan edi. Unda O‘zbekiston jinoyatchilik nisbatan kamroq sodir etiladigan davlatlar qatoridan joy olgandi. O‘zbekiston fuqarolari ichida har 100 ming aholidan 33,42 kishi jinoyat sodir etishi nazarda tutilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

jinoyatchi jinoiy javobgarlik ozodlikni cheklash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing