Dunyoning jinoyatchilik eng urchigan davlatlari aniqlandi. O‘zbekiston qaysi pog‘onada?
Jamiyat
−
10 aprel 2023
196862023 yildagi jinoyatchilik darajasi eng yuqori bo‘lgan davlatlar ro‘yxati e’lon qilindi. Bu haqda “World Population Review” tadqiqot portali xabar berdi.
Jinoyatlar soni har 100 000 aholi ichidan barcha turdagi jinoyatlarni sodir etgan kishilar soni aniqlanishi orqali hisoblab chiqilgan.
100 000 kishiga nisbatan dunyoda jinoyatchilik darajasi eng yuqori o‘ntalikka ega bo‘lgan davlatlar quyidagilar:
- Venesuyela (83,76);
- Papua-Yangi Gvineya (80,79);
- Janubiy Afrika (76,86);
- Afg‘oniston (76,31);
- Gonduras (74,54);
- Trinidad va Tobago (71,63);
- Gayana (68,74);
- Salvador (67,79);
- Braziliya (67,49);
- Yamayka (67,42).
Markaziy Osiyo davlatlari ichida Qirg‘iziston eng yuqori darajada jinoyatchilik sodir etiladigan davlatlar qatoridan joy olgan. Mamlakatda har 100 ming aholidan 56,87 kishi jinoyat sodir etgan. Bu esa Qirg‘izistonni indeksda 31 o‘ringa joylashtiradi. Shuningdek, Qozog‘istonda ham jinoyatlar kam emas. Davlat 40-o‘rinda (53,77) qayd etilgan.
O‘zbekiston esa jinoyatchilik nisbatan kamroq sodir etiladigan davlatlar qatorida. O‘zbekiston fuqarolari ichida har 100 ming aholidan 33,42 kishi jinoyat sodir etib, 99-o‘rinda qayd etilgan. Turkmaniston va Tojikiston ro‘yxatda yo‘q.
Shuningdek, boshqa davlatlardan Fransiya 44-o‘rin (51,99), Eron 48-o‘rin (49,38), AQSH 56-o‘rin (47,81), Buyuk Britaniya 64-o‘rin (46,07), Rossiya 86-o‘rin (39,99), Turkiya 88-o‘rinda (39,62) joylashgan.
“Jinoyat darajasi turli mamlakatlarda farq qiladi va ko‘plab omillarga bog‘liq. Masalan, qashshoqlik va ishsizlikning yuqori darajasi mamlakatda jinoyatchilik darajasini oshiradi. Aksincha, politsiyaning qat’iy ijrosi va qattiq jazolar jinoyatchilik darajasini pasaytiradi. Yosh va jinoyatchilik o‘rtasida ham kuchli bog‘liqlik mavjud. Aksariyat jinoyatlar, ayniqsa zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyatlar 20-30 yoshlardagi shaxslar tomonidan sodir etiladi”, deyiladi xabarda.
Tadqiqotda qayd etilishicha, dunyodagi eng kam jinoyatlar Shveysariya, Daniya, Norvegiya, Yaponiya va Yangi Zelandiyada kuzatilgan. Bu mamlakatlarning har birida huquq-tartibot organlarining samaradorligi yuqori baholangan. Qurol bilan bog‘liq dunyodagi eng qat’iy qonunlar ham Daniya, Norvegiya va Yaponiyada amal qiladi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15