O‘zbekistonda yigit-qizlar asosan qaysi yoshda oila quryapti?
Jamiyat
−
28 Sentabr 2022
28915O‘zbekistonda qizlar va yigitlar asosan 20-30 yosh oralig‘ida oila qurmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
2022 yilning yanvar-avgust oylarida 20 yoshgacha bo‘lgan qizlardan 49 272 nafari, yigitlardan 1 753 nafari oila qurgan. 20-30 yosh oralig‘idagi 98 619 nafar qiz va 134 500 nafar yigit nikohdan o‘tgan.
Shuningdek, 8 oyda 31-40 yoshgacha bo‘lgan 13 740 nafar ayol va 19 611 nafar erkak oila qurgan.
Statqo‘mga ko‘ra, 41-50 yoshgacha bo‘lgan 2 923 nafar ayol va 5 740 nafar erkak ham nikohdan o‘tgan. 51 yosh va undan kattalar orasida esa 922 nafar ayol va 3 872 nafar erkak yangi oila qurgan.
LiveBarchasi