Özbekistonda 9 oyda 123 mingdan ortiq ölim qayd etildi

Jamiyat

−

image

Özbekistonda 2026 yilning yanvar—sentyabr oylarida 123,4 mingta ölim holati qayd etildi. Bu haqda Milliy statistika qömitasining 27 oktyabrda e’lon qilingan demografik holatga oid hisobotida ma’lum qilindi.

Qömita ma’lumotlariga köra, 2025 yilning mos davrida 132,2 ming kişi vafot etgan. Joriy yilning dastlabki töqqiz oyida ölim holatlari soni ötgan yilning şu davriga nisbatan 8,8 mingtaga yoki qariyb 6,7 foizga kamaygan. Ölim koeffitsiyenti esa 4,2 promilleni taşkil etgan.

Sönggi beş yilning yanvar—sentyabr oylarida qayd etilgan ölim holatlari soni quyidagiça:

  • 2022 yil — 130,2 ming kişi;
  • 2023 yil — 129,7 ming kişi;
  • 2024 yil — 131,7 ming kişi;
  • 2025 yil — 132,2 ming kişi;
  • 2026 yil — 123,4 ming kişi.

Keltirilgan ma’lumotlardan körinişiça, 2026 yilning dastlabki töqqiz oyida ölim holatlari soni sönggi beş yilning mos davrlari orasida eng past darajaga tuşgan.

Hisobotda qayd etilişiça, vafot etganlarning 68,5 ming nafari yoki 55,5 foizi erkaklar, 54,9 ming nafari yoki 44,5 foizi ayollar hissasiga töğri kelgan. Şu tariqa, erkaklar örtasidagi ölim holatlari ayollarnikidan 13,6 mingtaga köp bölgan.

Yaşaş joyi böyiça tahlilga köra, vafot etganlarning 65,7 ming nafari yoki 53,2 foizi şaharlarda, 57,7 ming nafari yoki 46,8 foizi qişloqlarda yaşagan.

Şu bilan birga, 2026 yilning yanvar—sentyabr oylarida Özbekistonda 638,6 ming nafar bola tirik tuğilgan. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 26 ming nafarga kam.

Tuğilganlar va vafot etganlar soni örtasidagi farq natijasida aholining tabiiy ösişi 515,2 ming kişini taşkil etgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing