O‘zbekistonda yer silkinishi qayd etildi
Jamiyat
−
20 aprel 2022
15649Bugun, 20 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 03:44 da (19.04.2022 yil, Grinvich bo‘yicha 22:44 da) Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Zilzila koordinatalari: 39,24 gradus shimoliy kenglik; 70,69 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5. Chuqurlik 30 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 258 km janubiy-sharqda joylashgan.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
So‘x tumanida 2-3 ball, 93 km.
O‘zbekiston tumanida 2 ball, 123 km.
Beshariq tumanida 2 ball, 128 km.
Rishton tumanida 2 ball, 132 km.
Furqat tumanida 2 ball, 140 km.
Qo‘qon shahrida 2 ball, 145 km.
Uchko‘prik tumanida 2 ball, 145 km.
LiveBarchasi