O‘zbekistonda yana zilzila sodir bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 6 avgust kuni Afg‘onistonda sodir bo‘lgan 5,9 magnitudali zilzila O‘zbekistonning 8 ta viloyati va Toshkent shahrida sezildi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent vaqti bilan 05:32 da (Grinvich bo‘yicha 00:32 da) Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila koordinatalari: 36,58 gradus shimoliy kenglik, 70,67 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda 5,9. Chuqurlik 100 km. Zilzila epimarkazi Toshkentdan 536 km janubiy-sharqda.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

  • Surxondaryo viloyatida 4 ball, 311 km.
  • Farg‘ona viloyatida 4 ball, 433 km.
  • Sirdaryo viloyatida 3-4 ball, 465 km.
  • Jizzax viloyatida 3-4 ball, 465 km.
  • Samarqand viloyatida 3-4 ball, 471 km.
  • Andijon viloyatida 3-4 ball, 489 km.
  • Qashqadaryo viloyatida 3-4 ball, 498 km.
  • Namangan viloyatida 3-4 ball, 499 km.
  • Toshkent shahrida 3- ball, 535 km.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 5 avgust kuni ham Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonning 8 ta viloyati va Toshkent shahrida sezilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing