O‘zbekistonda yana bir jamoat fondi tuziladi
Jamiyat
−
07 yanvar 2020
5179Normativ-huquiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Shon-sharaf muzeyini rivojlantirish jamoat fondini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi joylashtirildi.
Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Moliya vazirligining yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Shon-sharaf muzeyini rivojlantirish jamoat fondini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.
Quyidagilar Fond mablag‘larini shakllantirish manbalari etib belgilanadi:
• pullik xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar;
• yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
• xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining, shuningdek, boshqa xorijiy donorlarning grantlari;
• Fondning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan tushgan daromadlar bo‘yicha tushumlar;
• qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Belgilanishicha, Fond mablag‘lari:
a) O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Ma’naviyat va ma’rifat markazida ochiladigan hisob raqamda jamlanadi;
b) quyidagi maqsadlarga:
Shon-sharaf muzeyi uchun tarixiy eksponatlar, ashyolar va kolleksiyalar, urush qatnashchilarining orden-medallari, shaxsiy buyumlari hamda urush davri yodgorliklarini xarid qilish;
Shon-sharaf muzeyi ekspozitsiyalarini yaratish;
Shon-sharaf muzeyini joriy va kapital ta’mirlash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
davra suhbatlari, konferensiyalar, amaliy mashg‘ulotlar, treninglar, shuningdek madaniy-ma’rifiy, ommaviy-madaniy va boshqa tadbirlar o‘tkazish uchun sarflanadi.
LiveBarchasi