O‘zbekiston Turkiy investitsiya fondiga qo‘shildi
Jamiyat
−
02 noyabr 2023
3714O‘zbekiston Turkiy investitsiya fondiga qo‘shildi. Kecha, 1 noyabr kuni Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Turkiy investitsiya jamg‘armasini ta’sis etish to‘g‘risidagi bitim ratifikatsiya qilingan.
Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining mablag‘lari O‘zbekistonning Turkiy investitsiya jamg‘armasidagi ulushini Bitimda nazarda tutilgan muddatlarda shakllantirish, shu jumladan uning boshlang‘ich kapitalidagi 2 000 ta aksiyaga obuna bo‘lish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish manbai ekanligi belgilandi.
Shuningdek, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Bitimning bajarilishi uchun mas’ul vakolatli organ etib, Markaziy bank Bitim bo‘yicha depozitariy funksiyasini bajarishi qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, Joriy yilning 16 mart kuni Turkiy davlatlar tashkilotining Anqarada o‘tgan navbatdan tashqari sammitida quyidagi hujjatlar imzolandi:
- Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdan tashqari sammitining Anqara deklaratsiyasi;
- Turkiy davlatlar tashkilotining fuqaro muhofazasi mexanizmini tashkil etish to‘g‘risidagi qaror;
- Turkiy investitsiya fondini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim.
LiveBarchasi